Özbekiston musulmonlari idorasining muslim.uz veb portali tizimida mp3muslim.uz nomli diniy-ma'rifiy media-sayt işga tuşirildi. Unda Özbekistondagi taniqli ulamolarning mav'izalari, dunyodagi maşhur qorilarning Qur'oni karim tilovatlari va voizlarning audio rivoyatlari, salavotlari joylaştirilgan.

Toşkent şahridagi “Hazrati Ali” jome' masjidi imom xatibi Salohiddin Abduğaffor öğli, Buxoro şahridagi “Xöja Tabband” jome' masjidi imom xatibi Azizxöja Xayrulloh öğli va Toşkent şahridagi “Şayx Zayniddin” jome' masjidi imom xatibi Odilxon qori Yunusxon öğlining ma'ruzalari kiritilgan.

Yaqin kunlarda Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh, Şayx Abdulaziz Mansur, muftiy Usmonxon Alimov, “Minor” jome' masjidi imom xatibi Anvar qori Tursunov, “Töxtaboy” jome' masjidi imom xatibi Işoq Muhammad, “Mirza Yusuf” jome' masjidi imom xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov, “Xöja Alambardor” jome' masjidi imom xatibi Rahimberdi Rahmonov ma'ruzalari ham kiritilişi rejalaştirilgan.

Saytning Qur'oni karim bölimiga jahonga maşhur qoridan Xalil Husoriy, Tavfiq ibn Said, Abdurahmon Sudays, Abu Bakr Şatriy, Mohir al-Muayqili qiroatlari töliq şaklda joylaştirilgan. Tinglovçilarga qulaylik bölişi uçun saytda bölimlar, mavzular, mualliflar böyiça izlaş tizimi mavjud.
Sayt TAS-IX tarmoğida faoliyat yuritadi.