Air France-KLM direktorlar kengaşi kompaniyaga yangi rahbar tayinlangani haqida ma'lum qildi. Transdev multimodal transport kompaniyasining hozirgi raisi Jan-Mark Janayak uşbu mansabga loyiq topilgan. Bu haqda RBK xabar berdi. 

Reuters agentligi Janayakning Air France-KLM rahbari etib tayinlanişi töğrisida 30 apreldayoq xabarlar tarqatgan edi.

Yangi vazifasiga Janayak şu yilning avgust oyidan kirişişi belgilangan. Ungaça kompaniyaning hozirgi rahbari Aleksandr de Jyunyak öz örnini ozod etadi.

Avvalroq, Jyunyakning özi muddatidan avval iste'foga çiqişi töğrisida ma'lum qilgandi. Endi u kelgusida havo transportlari xalqaro Assotsiatsiyasini boşqaradi. 

Jyunyak iste'foga çiqişi sabablari haqida gapirar ekan, öz oldiga qöygan vazifalarini bajarganini aytdi – kompaniya ziyon keltirişdan töxtadi, şuningdek, qarzlarini ham sezilarli darajada kamaytirdi. 

Biroq, Reuters ma'lumotlariga köra, boşqaruvçining muddatidan avval kompaniyadan ketişiga kasaba uyuşmalari bilan kelib çiqqan nizolar sabab bölgan. Kasaba uyuşmasi a'zolari 2,9 ming xodimni işdan ketişini nazarda tutuvçi Air France inqirozga qarşi rejasiga öz noroziliklarini namoyiş etgan. 

Air France-KLM Yevropa aviakompaniyalari eng yirik guruhi Air France, KLM. loukoster Transavia va boşqa taşuvçilarning egasi hisoblanadi.