Yaponiya va Filippin mudofaa vazirliklari, rasmiy Manilaga 5 dona Beechcraft TC-90 öquv-jangovar samolyotini arzon narxda ijaraga beriş böyiça bitimga kelişdi. Ular havo kuzatuvini amalga oşiriş imkonini beruvçi RLS bilan jihozlanişi mumkin. Ikki mamlakat mudofaa vazirlari Gen Nakatani va Volter Gasmin telefon orqali muloqoti çoğida uşbu bitimni tasdiqlaşgan.

Umuman olganda, Yaponiya rasman harbiy texnikalarni boşqa davlatlarga beğaraz bera olmaydi. Şu boisdan ham, samolyotlarni eng arzon narxda ijaraga beriş şartnomasi tuziladi, deb xabar qilmoqda Kyodo News agentligi. Şu bilan rasmiy Tokio ilk marotaba harbiy texnikani boşqa davlat ixtiyoriga beradi. 

Kyodo News’ning xabar qilişiça, Yaponiya hukumatining bunday siyosatini Xitoyga bosim ötkaziş niyati bilan izohlaş mumkin. Çunki mazkur samolyotlar hududiy tortişuvlar davom etayotgan Janubiy Xitoy dengizi osmonida patrullik qiliş imkonini beradi. 

Bundan avval, Yaponiya mudofaa vaziri Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASeAN)ga a'zo davlatlarga Janubiy Xitoy dengizida havo hamda dengiz patrulligini yölga qöyiş taklifini ilgari surgandi. U, şuningdek, ASeANning ayrim davlatlari, xususan, Filippin patrullik qiliş uçun samolyotlar, kemalar va boşqa uskunalarga muhtojligini bildirib, buning uçun Yaponiya yordam berişga tayyorligini izhor qilgan edi.