Kömir işlab çiqariş böyiça dunyoning eng yirik kompaniyasi Xitoyning Shenhua Energy sof daromadi joriy yil birinçi çorak yakunlariga köra, 734 mln. AQŞ dollari (4,74 mlrd. yuan)ni taşkil etib, 28,3 foizga pasaygan. Kompaniyaning 2016 yil birinçi çorak moliyaviy natijalariga oid hisobotida şu haqda söz yuritilgan.
Kompaniyaning hisobot davridagi umumiy savdosi 4,6 foizga tuşib, 6,1 mlrd. dollarni taşkil etgan. Kompaniyaning soliqqaça bölgan foydasi 15,9 foizga pasayib, 1,39 mlrd. dollar (9,025 mlrd. yuan)dan iborat bölgan.
Hozirgi kunda Xitoy kömirdan energiya manbasi sifatida eng köp foydalanadigan mamlakatligiça qolmoqda. Biroq XXR rahbariyati, havoning ifloslanganlik darajasi yuqoriligiga qaramay, kömirdan foydalaniş körsatkiçini kamaytirişga va'da berib kelmoqda.
Xitoyda birgina kömir yoqilişidan havoga çiqariladigan is gazi Germaniyaning jami issiqxona gazlaridan köpligi aytilgan edi. Şu sabab, Xitoy hukumati is gazlarini kamaytiriş yuzasidan keng qamrovli reja işlab çiqmoqda.
Xususan, kömir qazib oliş sanoatiga sarmoya kiritişni kamaytiriş hamda uşbu sohada band işçilar sonini keskin qisqartiriş rejalaştirilgan.







