Braziliya sudi mamlakat hududida WhatsApp messenjerini uç kunga tösib qöyiş qarorini çiqardi. Bu haqda O Globo naşri xabar bermoqda.
Qaror 26 aprelda çiqarilgan va 2 maydan kuçga kirdi. Uning ta'siri Braziliyaning 5 ta asosiy mobil operatoriga taalluqli böladi, ularga 3 kun içida messenjerdan kelayotgan ma'lumotlarni uzatiş taqiqlanadi. Qarorni buzgan operatorlar 500 ming real (140 ming dollarga yaqin) jarimaga tortiladi.
Avvalroq ham Braziliya sudi uşbu messenjerni tösişni talab qilgandi. WhatsApp’ning 48 soatlik tösilişi davomida Telegram messenjeriga bir neça million yangi foydalanuvçi qöşilgani aniqlangan.
Mark Tsukerberg öşa holatni "Braziliya uçun qayğuli kun" deb atagandi. Oqibatda Braziliya politsiyasi Facebook’ning Lotin Amerikasidagi bölimi vitse-prezidenti Diyego Dzodanni hibsga olib, undan jinoiy işlardan biri böyiça gumonlanuvçining WhatsApp orqali yozişmalarini oşkor qilişni talab qilgandi.







