Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasining Melburndan Pert şahriga reysi yölovçilardan biri samolyot bortida "Taşib yuriladigan portlovçi qurilma" deb nomlangan WiFi-tarmoq borligini aniqlagaç, ma'lum muddatga uşlandi. Voqea oqibatida samolyotning parvozi terrorçilik xavfi darajasi aniqlangunça bekor qilindi, deb yozmoqda mahalliy The West Australian naşri.
Ba'zi yölovçilarning ta'kidlaşiça, uçuvçilar parvozning xavfsizligi borasida biror qaror qabul qilişdan avval Melburn aeroporti xavfsizlik xizmati xodimlari bilan boğlanişlariga töğri kelgan.
Yarim soatdan keyin WiFi-tarmoq yöqolib qolgan. Maqola muallifining taxminiça, bunday tarmoqning paydo bölişiga aeroportga kelganlarning birining mobil tarmoği sabab bölgan bölişi mumkin, çunki zamonaviy smartfonlar egalari özlari mustaqil ravişda şaxsiy foydalaniş uçun internetga kiriş nuqtalarini yaratib, ularni nomlay oladilar. Bu tarmoqning manbasi qidirilişi davom ettirilişi haqida heç narsa ma'lum qilinmagan.
Oqibatda samolyot 2 soatlik keçikiş bilan havoga kötarilgan va manzilga eson-omon yetib olgan.







