Bryussel va Belgiyaning fransuz tilida sözlaşuvçi qismi – Vallonida turma nazoratçilarning işlaş taşlaşi töqqiz kundan buyon davom etmoqda. Bu haqda RTBF teleradiokompaniyasiga tayanib RIA Novosti xabar berdi. 

Qamoqxona xodimlari nafaqat maoşlarning oşirilişi, balki, birinçi örinda qirollik hududidagi turmalarda mahbuslarning öta ziç joylaştirilişi muammosini hal etişni talab qilişmoqda. 

Ekspertlarning fikriga köra, uşbu muammo mahbuslar örtasida tajovuzkorlik ruhini kuçaytirib yuboradi. Ba'zan bu holatni turma nazoratçilari ham tartibga sola olmaydi. 

Belgiya qamoqxonalarida sönggi yillarda turmadan qoçiş, mahbuslar örtasida jiddiy janjallar, nazoratçilarga hujum qiliş, şuningdek, hibsdagilar örtasida narkotik moddalar iste'mol qiliş holatlari köpayib ketmoqda. 

Turmalarda ziçlikni bartaraf etiş uçun belgiyalik rahbarlar tomonidan qöşni Niderlandiya hududida qamoqxonalarni ijaraga oliş tajribasi kiritildi.