Bokudagilar dölma taomining tayyorlanişini YuNeSKO nomoddiy meroslari röyxatiga kiritişni taklif etmoqçi. Ozarbayjon madaniyat va turizm vazirligi tegişli hujjatlarni tayyorlamoqda. Bu haqda vazir Abdulfas Garayevga asoslanib RIA Novosti xabar berdi. 

Garayev bundan avvalroq Armaniston YuNeSKO meroslari röyxatiga lavaşni kiritişga uringani haqida esatib ötgan. 

“Heç kimga sir emaski, qöşni davlat (Armaniston) nafaqat Ozarbayjonning hududiga köz olaytirgan, balki milliy taomlarini ham özlaştirişga urinmoqda”, - ma'lum qildi u. 

Uning sözlariga köra, Ozarbayjon madaniyat va turizm vazirligi butun turkiylar olamiga mansub bölgan dölma taomining tayyorlaniş an'anasini YuNeSKO röyxatiga kiritiş uçun tegişli hujjatlarni tayyorlamoqda.