Rossiyaning Astraxan viloyatidagi Axtubinsk şahri köçalarida bir vaqtning özida ham çöçituvçi, ham öziga jalb qiluvçi mutant muşuk kuzatildi. Qoramtir muşukning antiqaligi şundaki, unda har biri qimirlaydigan uçta dumi bor.  

Ğayritabiiy muşukning videosi YouTube’da Svetlana Birilyuk ismli foydalanuvçi tomonidan çop etildi va u tomonidan "Işonmaysiz!!! Muşukning uçta dumi bor!!!" deb nomlandi. Videoda öt ustida ikkita bir-biriga öxşaş muşuk yurgani, biroq ulardan biriga yaxşilab qaralsa, uçta turli ölçamdagi dumi borligini köriş mumkin. 

Video muallifi kadr ortida muşuk "daydi" ekanligini aytmoqda. Bu orada videoni körganlar muşukning bunday noodatiy körinişiga nima sabab bölgani borasida bahslaşa boşlaşgan. Ba'zi foydalanuvçilar esa ikkita ortiqça dum umuman soxta bölib, u video muallifi tomonidan köproq namoyiş yiğiş maqsadida muşukka yopiştirib qöyilgan bölişi mumkinligini aytişdi.    

Bu orada veterinarlarning ta'kidlaşiça, bunday mutatsiyalar tabiatda uçrab turadi. Biroq mutaxassislar "köpdumlilik"ning sababini tuşuntirib berişga hali ojizlik qilmoqdalar.   

Ta'kidlaş joizki, mutatsiyalar nafaqat jonzotlarda, balki odamlarda ham uçrab turadi. Misol uçun, yaqinda Hindistonda "suv parisi" sindromiga ega bola tuğildi: çaqaloqning oyoqlari dumga öxşab çatişib ketgan, qöllari joylaşişi esa suzgiçlar quloçini eslatib yuboradi. Afsuski, bunday nuqson bilan tuğilgan bolakay bor-yöği 10 daqiqa yaşagan.