Özbekistonlik Jamşid Törayev turnikda ikki barmoq yordamida tortiliş böyiça Ginnesning jahon rekordini örnatdi, deb xabar qilmoqda Ginness rekordlar sayti. 

37 yoşli özbekistonlik örta barmoqlari yordamida bir daqiqada 19 marta töliq tortilişga erişgan. Aslida u 25 marotaba tortilgan, biroq 6 tasi belgilangan me'yorlarga javob bermagani uçun hisobga kiritilmagan. 

Sportçi özining rekordini röyxatga oliş uçun topşirgan arizasida aytişiça, u beş yil mobaynida şuğullangan. Aytiş joizki, Jamşidning mutaxassisligi huquqşunos bölib, Samarqanddagi Suvorov harbiy bilim yurtini ham tamomlagan. 

Ayni vaqtda, özbekistonlik Kiprda istiqomat qiladi va murabbiy-instruktor bölib işlaydi. 

Şuni ham qayd etiş kerakki, uşbu rekord Törayev uçun ikkinçi Ginness rekordidir. Turnikda orqaça tortiliş böyiça ötgan yili may oyida örnatilgan jahon rekordi ham unga tegişlidir. U öşanda bir daqiqada 23 marotaba tortilişga muvaffaq bölgan edi.