Venesuela huquq-tartibot muassasalari qurolli töqnaşuvda mamlakatda eng qidiriluvçi jinoyatçilardan biri va Aguti nomli xavfli jinoiy tödaning yetakçisi Pikure (ispança Aguti) laqabli Xose Antonio Tovar Kolinani yöq qilişdi. Bu haqda mamlakatning taşqi işlar, adliya va tinçlik masalalari böyiça vaziri Gustavo Gonsales Lopes ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
"Mamlakatni 3 may kuni kunduzi Guariko ştati, Melyado munitsipalitetidagi Bisentenario tumanida Aguti laqabi bilan ma'lum bölgan Xose Antonio Tovar Kolina otib taşlanganidan xabardor qilmoqçimiz", deb aytdi Lopes.
Milliy bolivar gvardiyasi maxsus bölinmalarining operatsiyasi davomida Kolinadan taşqari tödaning yana 3 nafar a'zosi yöq qilindi.
"Ayni vaqtda bu töda iştirokçilarini taqib qiliş davom etmoqda", deb qöşimça qildi vazir.
Aguti guruhi bir neça önlab jinoyatçini öz içiga olib, u bosqinçilik, tovlamaçilik, giyohvand moddalar kontrabandasi va savdosi, qotilliklar bilan şuğullanadi.
Jinoyatçilar bir neça marotaba politsiya bölimlariga hujumlar sodir etgan va bu hujumlar oqibatida öz qurol-aslaha arsenali u yerdagi avtomatik qurollar va hattoki granatomyotlar bilan boyitib olgan.







