AQŞning sobiq prezidentlari tönğiç Jorj Buş va kenja Jorj Buş respublikaçilardan prezidentlikka yagona nomzod - Donald Trampni qöllab-quvvatlaşdan boş tortişdi. 

41-prezident hisoblanmiş tönğiç Jorj Buş uçun bu respublikaçilar tomonidan qöyilgan nomzodni birinçi marta qöllamaydigan saylov kampaniyasi böladi. Matbuot kotibi Jim Makgratning sözlariga köra, "prezident Buş siyosatdan uzoqlaşdi" va bu qoidada yagona istisno saylovlardan muddatidan avval nomzodini olgan öğli - Jyeb Buşning kampaniyasinini qöllab-quvvatlagani böldi. 

AQŞning 43-prezidenti kenja Jorj Buşning şaxsiy yordamçisi Freddi Ford sobiq davlat rahbarining "prezident kampaniyasida qatnaşiş va unga izoh beriş niyati yöq"ligini ma'lum qildi. 

Aprel oyining oxirida The New York Times gazetasi Jyeb Buşning Tramp kampaniyasini qöllab-quvvatlamasligi hamda saylovlarda u bilan vitse-prezident sifatida iştirok etmasligi haqida xabar bergan edi. Buşning katta yordamçisi Salli Bredşouga şunday mazmundagi savolni berişganida, u bunga javoban kulib yuborgan.