KFC fastfudlar tarmoğining ikkita eng maşhur retseptiga asoslanib, tovuq ta'miga ega iste'molga yaroqli tirnoq böyoğini yaratdi. Bu haqida Adweek ma'lum qildi.
KFC'ning Hongkongdagi bölimida noan'anaviy piar-aksiya jarayonida Ogilvy & Mather agentligi va tez xizmat körsatuvçi ovqatlaniş joylari tarmoği uçun sous yetkazib beruvçi McCormick kompaniyasi hamkorlikda iş olib borişdi.
«Original» va «Hot & Spicy» ta'miga ega ikki xil tirnoq böyoği - tabiiy ingridiyentlardan tayyorlangan. Yaratuvçilarning ğoyasiga köra, KFC mijozlari endilikda istagan paytlarida barmoqlarini yalab, sevimli ta'mlarini eslaşlari mumkin.

"Tirnoq böyoğimizning retsepti ajoyib, u ta'mni uzoq saqlaydigan va yaltirab turadigan maxsus retsept asosida yaratilgan.
Tijorat kompaniyasi Hongkongdagi KFC brendi atrofida şov-şuv kötariş, qiziqtiriş va quvontirişga qaratilgan", - dedi Ogilvy & Mather agentligi ijodiy rahbari.
Adweek'ning ma'lum qilişiça, tirnoq böyoği haqidagi xabar hazil emas. Kompaniya uning sinov partiyasini işlab çiqardi va Hongkong aholisini öziga yoqadigan, kosmetik vositaning keng omma uçun işlab çiqariladigan ta'mini tanlaşga çaqirdi.







