MAN auto-Uzbekistan qöşma korxonasi 10 m3 hajmli (10 tonna) yukni orqaga gidravlik uzatma vositasida tuşiriş imkonini beruvçi MAN avtobetonaralaştirgiçini işlab çiqarişni yölga qöydi, deb xabar qilmoqda «Özavtosanoat» matbuot xizmati.
Avtomobil mijozga tayyor beton aralaşmasini uning xususiyatini saqlagan holda yetkazib, mahsulotni beton quyiş joyiga yoki qurilmasiga tuşiriş imkonini beradi.
Transport vositasi zamonaviy Common Rail yonilği purkaş tizimiga ega kuçli, ammo tejamkor MAN D20 dvigateli bilan jihozlangan. Maşina 16-bosqiçli mexanik uzatmalar qutisi yordamida harakatlanadi. Ressorli podveskalari ham kuçaytirilgan, barabanli ABS tormoz tizimi, qulay kabina va elektron nazorat tizimi bilan jihozlangan.







