Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan uşlangan, Moskvada may bayramlari vaqtida bir qator teraktlarni amalga oşirmoqçi bölgan Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari gavjum joylarda odamlarga öq uzmoqçi bölgan, deb xabar bermoqda huquq-tartibot muassasalaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Qölga olingan kimsalar may bayramlarida gavjum joylarda odamlarga öq uzmoqçi bölgan", deb aytdi manba. 

Ayni vaqtda bu ma'lumotning rasmiy tasdiği olinmagan.

Avvalroq Moskvada bayramlarda teraktlar sodir etmoqçi bölgan bir guruh kimsalar qölga olingani ma'lum qilingandi.