Portugaliyada bir erkak selfiga tuşmoqçi bölib, 16-asrda yaşagan qirolning 126 yillik haykalini çil-çil qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Erkak Lissabondagi Rosiu temir yöl vokzalida örnatilgan portugal qiroli Sebastyan l’ning haykali asosiga çiqqan va köpollik qilib, haykalni turtib, yerga tuşirib yuborgan. Bu voqea 3 may yarimtun atrofida sodir bölgan.
Omadsiz fotohavaskor bu qilmişidan söng voqea joyidan yaşirinişga harakat qilgan, biroq politsiyaçilar uni tutib olganlar. Erkak hibsga olindi, u keyinroq sud oldida javob beradi.
Haykalda qirol Sebastyan l qölida qalqon va qiliç uşlab turgan holida tasvirlangan. Haykal vokzal binosiga kiraverişda, arkalar örtasida 1890 yildan beri turgandi.







