AQŞning taxmin qilişiça, Amerika maxsus bölinmasi 2011 yil may oyida "Al-Qoida" guruhi yetakçisi Usoma bin Lodinni öldirganidan söng, Pokiston maxsus xizmatlari Islomboddagi Amerika josusini zaharlaşga uringan. 

Amerikaning bir neça rasmiylari The Washington Post gazetasida şu haqda ma'lum qilib, 5 yil muqaddam ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar öta keskinlaşgan, Pokiston birlaşgan razvedkasi esa AQŞ maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilişdan boş tortganini yodga olişgan. 

Ularning sözlariga köra, "birinçi raqamli terrorçi" öldirilganidan söng 2 oy ötib, MRBning Pokistondagi bölinmasi rahbari Mark Kelton sababi hozirgaça noma'lum bölgan xastalik bilan şifoxonaga tuşib qolgan. 

"Kasallik şunçalik sirli ediki, Keltonning özi ham MRB ham uning zaharlanganini öylaşgan", - deyiladi gazeta saytida e'lon qilingan maqolada. 
Şundan söng, iste'foga çiqqan Mark Keltonning oşqozonida amaliyot ötkazilgaç, ahvoli yaxşilangan. 

Biroq "MRB hamon Keltonning tösatdan kasal bölişiga Pokiston razvedkasi tomonidan uyuştirilgan maxfiy amaliyotni taxmin qiladi".

Naşrning yozişiça, MRB Kelton voqeasiga oid aniq dalillarga ega emas, ammo "Pokison maxsus xizmatlari jurnalistlar, diplomatlar va öz raqiblari deb bilgan boşqa kişilarga nisbatan uyuştirilgan suiqasdlarda qöli borligi bir neça marotaba isbotlangan va Keltonga ham sovuq munosabatda bölgan".

Aytiş joizki, MRB uşbu mavzuga oid rasmiy izoh berişdan boş tortgan. Öz navbatida, Pokiston hukumati Kelton va boşqa amerikalik rasmiylar bildirgan taxminlarni keskin rad etgan. Pokistonning Vaşingtondagi elçixonasi matbuot kotibi Nadim Xotian "bu voqea aniq töqib çiqarilgan", - deb bayonot bergan.