TASS axborot agentligining xabar qilişiça, Koreya mehnat partiyasining Pxenyanda bölib ötayotgan 7 s'yezdi majlisiga xorijiy OAV kiritilmagan. 

S'yezd munosabati bilan AQŞ, Yaponiya, Ispaniya, Finlandiya, Rossiya, Xitoy va boşqa davlatlardan mamlakatga taklif etilgan OAV xodimlariga şahar fuqarolari bilan muloqot qilişga izn berilgani ta'kidlanmoqda.  

Teleoperatorlar esa, anjuman bölib ötayotgan bino atrofini suratga olişlari mumkin.

Ma'lum bölişiça, mazkur s'yezdni yoritiş maqsadida birgina Yaponiyadan 60 nafar jurnalist, AQŞ OAVning 20 nafar xodimi taşrif buyurgan.
 Qayd etiş lozim, Koreya mehnat partiyasining uşbu s'yezdi  sönggi 36 yilda ilk marotaba ötkazilmoqda.