Toşkent şahar, Çilonzor tumanining 11-mavzesida Mirahmad Mirzayev (ism-familiyalar özgartirilgan) şu tumanda joylaşgan xonadonlardan biriga öğrilikka tuşib, u yerdan narxi 3000000 sömlik tilla bilaguzuk, 1500000 sömlik “Komlert” uzugi va ziragi, narxi 400000 söm va 879000 sömlik ikkita tilla uzuk, 750000 sömlik tilla sirğalarni olib, qopiga joyladi. Şuning bilan qanoatlanmasdan, şkafning yonida turgan javondan 1500000 söm naqd pulni ham öğrilab, vaqtni qöldan boy bermay, juftakni rostladi, — deb yozadi “Ogoh” gazetasi.
Xonadon egalari uylariga qaytgaç, u yerdagi tartibsizlikni körib, hayronu lol qolişdi. Ular darhol öğrilik jinoyati sodir bölgani haqida içki işlar idorasiga xabar berdilar. Suriştiruv harakatlari boşlab yuborildi. Jabrlanuvçi va guvohlarning körsatmalari tinglandi. Rad etib bölmas dalillar qarşisida qolgan Mirahadning aybiga iqror bölişdan özga çorasi qolmadi.







