«Sevilya» jamoasining ukrainalik yarim himoyaçisi Yevgeniy Konoplyanka Ispaniyada öz jamoadoşlari uni çaqirişda qiynalişayotgani haqida aytib ötdi.
«Ularda familiyamni aytişda muammolar paydo bölmoqda, kimdir Çokoplyança deydi, kimdir Şokoplyança… Men ularga hazillaşib, "meni şokolad deb ham atayveringlar" dedim.
Ularning tilida "Jyenya" sözini işlatiş – juda qiyin. "Yevgeniy" sözini aytiş esa deyarli imkonsiz. Men ularga oson bölişi uçun pasportdagi ismimni "Kono" qilib özgartirdim,», – deydi Konoplyanka "2+2" telekanali efirida.
Ukrainalik yarimhimoyaçi joriy mavsum avvalida «Sevilya»ga «Dnepr» jamoasidan ötgandi. Konoplyanka «Sevilya» safida barça turnirlarda 30 uçraşuvda maydonga tuşib, 8ta gol urdi hamda 9ta golli uzatma muallifi böldi.







