Saudiya Arabistoni Osiyoga boş neft yetkazib beruvçi maqomini yöqotmoqda, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal naşri.

1995 yildan beri Saudiya Arabistoni neft vaziri lavozimini egallab kelgan Ali al-Naimiyning bu lavozimdan böşatilişidan keyin Saudiya Arabistonining Rossiya va Eron kabi davlatlar raqobati uning Xitoy, Yaponiya va Hindistonga neftni muvaffaqiyatli ekport qilişiga rahna solmoqda.  

Xitoy Saudiya Arabistonidan mamlakat uçun zarur neftning katta qismini oladi. Biroq Rossiyadan Xitoyga neft eksporti bir yil içida 10,6 foizga köpaydi. Rossiyaning geografik joylaşuvi uni Osiyo neft bozorida raqobatbardoşroq qiladi. 

Rossiya şu bilan birga boşqa davlatlarni neft bitimlarini tuzişda alohida imkoniyatlar bilan jalb qilmoqda. Misol uçun, "Gazprom" xitoylik xaridorlarga Rossiya neftiga dollarda emas, yuanda haq tölaşga ruxsat bergan.

Saudiya Arabistoni Yaponiyadagi neft bozoridagi uluşini ham yöqotmoqda, uning bu yerdagi uluşi 2015 yil mart oyidan beri deyarli 4 foizga kamaygan. Rossiyaning uluşi esa 1 foizga oşgan.

Rossiya va Saudiya Arabistoni örtasidagi bu raqobatni Hindistondandagi vaziyat ham keskinlaştirmoqda, bu davlatda neftga talabning oşişi kutilmoqda. Şu bilan birga bu raqobatga Eron ham qöşildi. Eron Osiyo neft bozoriga katta qiziqiş bildirmoqda, uning faolligi boşqa davlatlarning Osiyo neft bozorlaridagi uluşini katta miqdorda kamaytirişi mumkin.