Facebook ijtimoiy tarmoği AQŞ siyosiy hayotiga oid xabarlar mavzusini tanlaşda ğarazgöylik qilmoqda, deb yozadi Gizmodo internet portali.

Sayt xabariga köra, ijtimoiy tarmoq konservativ siyosiy qaraşlarga ega öquvçilar uçun qiziq bölgan yangiliklarni tadrijiy ravişda saralab keladi. 

Ötgan haftada portal Facebook ijtimoiy tarmoğining "trend" guruhi xodimlari işi yuzasidan maxsus lavhani e'lon qilgaç, uning atrofida yangi mojaro paydo böldi. Xabarlarga köra, xodimlar turli voqealarga sarlavha topib, ularning havolasini yangiliklar saytiga joylaştiradi.

Qayd etilişiça, şu bilan ijtimoiy tarmoq Facebook`ning AQŞdagi 167 mln nafar a'zosi ayni vaqtda nimani mutoala qilişiga ta'sir körsata oladi. 

Bir neça nafar sobiq yangiliklar muharrirlari ham, unçalik maşhur bölmagan mavzuni kun yangiligi sahifasiga joylaş böyiça körsatma olganliklarini tasdiqlaşdi. Bundan taşqari, ijtimoiy tarmoq bilan hamkorlik qiluvçi bir neçta pudratçilar, Facebook bilan boğliq yangiliklarni saralaş moduliga qöşmasliklarini tasdiqlaşgan. 

"Boşqa söz bilan aytganda, Facebook yangiliklar bölimi odatdagi yangiliklar bölimidek işlaydi: ya'ni öz xodimlari va korporatsiyaning taşkiliy körsatmalariga muvofiq yangiliklarni aks ettiradi", deb xulosa qiladi naşr.