Filippinda 9 may kuni prezidentlik saylovlari ötkazildi. Ovoz beriş natijalariga köra, ikkinçi örinni egallab kelayotgan Filippin prezidentligiga nomzod Manuel Rohas öz mağlubiyatini tan oldi. Bu haqda Frans Press agentligiga asoslanib RIA Novosti xabar qildi. 

Orollar mamlakati prezidentligiga saylovda Rodrigo Duterte ildamlik qilmoqda. U 22 yil davomida Davao şahri meri lavozimida faoliyat yuritgan.

“Mer Duterte navbatdagi prezident bölişi oydek ravşan”, - ma'lum qildi Rohas. 

Bundan avvalroq, Filippin prezidentligiga nomzod senator Greys Po saylovda öz mağlubiyatini tan olib, Duterteni muborakbod etgan edi. 

Filippinda prezidentlik saylovi bitta turda yakunlanadi: eng köp ovoz töplagan nomzod prezident etib saylanadi. 

Prezidentlik saylovida mamlakat 100 millionlik aholisining yarmidan ortiği iştirok etdi. Davlat rahbaridan taşqari, saylovçilar yangi vitse-prezident, 300 nafar qonun çiqaruvçilar hamda 18 ming mahalliy amaldorlarni saylaşi kerak. Filippin rahbari postiga 5 nafar nomzod da'vogarlik qilmoqda. 

Frans Press agentligi ma'lumotiga köra, saylov kuni noma'lum jangarilar mamlakatning ayrim hududlarida hujumlar uyuştirdi. Sönggi xabarlar böyiça, bu hujumlar natijasida 10 kişi qurbon bölgan.