Şvetsiyaning Hyoteborg universiteti olimlari oçlik gormoni inson qabul qiladigan qarorlarga qanday ta'sir ötkazişi böyiça tadqiqot ötkazişdi. Ilmiy iş bilan Neuropsychopharmacology jurnalida tanişiş mumkin. 

Tadqiqot davomida olimlar kalamuşlarga grelin peptid gormoni qanday ta'sir ötkazişini örganişdi. Aynan grelin oçlik hissini uyğotadi, tanovul qilinadigan ovqat miqdori va yoğlar massasini oşiradi. 

Olimlar qöyidagiça tajriba ötkazdi: laboratoriya kalamuşlari qafaslarga joylandi va rağbat (yemiş) evaziga dastakni bosişga örgatildi. Biroq, agar ular dastakni bosmasalar ham rağbatlantirilar edi – faqat uzoqroq vaqtdan söng. “Sabr” uçun belgilangan yemiş hajmi böyiça köproq etib belgilandi. 

Oxir-oqibat ma'lum böldiki, grelin miqdori oşib ketgan kalamuşlar, agar sabr qilsa köproq yemiş olişini bilib tursa ham, dastakni beixtiyor bosaverdi. Şuning asosida olimlar oçlik öylamasdan va köp hollarda mantiqsiz qarorlar qabul qilişga undaydi, degan qarorga keldi.