«Mançester Yunayted» jamoasi boş murabbiyi Lui van Gaal «Vest Hem»ga qarşi uçraşuvdagi mağlubiyatdan keyin fikrlarini bildirib ötdi.

«Biz juda ranjidik, axir hisobda oldinda boraturib yutqazib qöydik. Standart vaziyatlar barçasini hal qildi. Bunday öyindan keyin heç qaysi murabbiy qoniqiş bildirmaydi, öyinning 70-daqiqasida hisobda oldinda borayotgan bölsang, yaxşisi töpga egalik qilib, maydonning böş qismlaridan foydalaniş kerak edi.

Avtobusga hujum qilinganimi? Biz professionallarmiz va şunday dunyoda yaşaymiz. Biz bunday vaziyatlar bölişi mumkinligini oldindan hisobga olamiz va bunday vaziyatlar bizni izdan çiqarmaydi. Bu voqea öyinga ta'sir körsatgani yöq, axir biz öyinning 70-daqiqasigaça ğalaba qilayotgandik.

Öylaymanki, bizda hali kuçli törtlikka kiriş uçun imkoniyat saqlanib turibdi. Lekin YeÇLga yöllanma olişimiz boşqa öyinlardagi natijalarga boğliq bölib qolmoqda», — deydi van Gaal.

Ta'kidlaş joiz, öyin oldidan van Gaal muxlislarning avtobusga hujumi futbolçilarga ta'sir qilişi mumkinligini aytgan edi.

«Vest Hem» muxlislari «Mançester Yunayted» futbolçilari avtobusiga hujum qilişdi