2 yil muqaddam Tayvan markazi Taybeydagi metroda odamlarga piçoq bilan hujum qilgan talabaga çiqarilgan ölim hukmi ijro etildi. Orol davlat Adliya vazirligi xabariga köra, jinoyatçi 11 mayga ötar keçasi otib taşlangan.
Bundan oldinroq sud 23 yoşdi Çjen Tszeni 4 kişining ölimida va 22 kişining jarohatlanişida aybdor deb topgandi.
Fojia 2014 yilning mayida sodir bölgan, öşanda metro vagonida ötirgan yoş yigit yonidan piçoq çiqargan va atrofdagi odamlarga tiğni tartibsiz ravişda suqa boşlagandi. Keyinroq u Tayçjun universiteti talabasi ekani aniqlangan. Huquqni muhofaza qiliş organlari uning alkogol yoki narkotiklar ta'siri ostida bölgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Çjyen Tsze öz jinoyatini uning ançadan buyon «yirik va hayratga soladigan zarba» beriş ğoyasini öylab yurgani bilan izohladi. Talaba aybiga iqror bölgan bölsa-da, öz qilmişidan zarraça ham afsusda emasligini bildirdi.
5 mart kuni çiqarilgan ölim hukmini u "pinagini buzmagan holda" tingladi.
22 aprel kuni Tayvan oliy sudi sud hukmidan şikoyatni qabul qilmadi va hukmni öz kuçida qoldirdi.
Tayvanda ölim hukmiga ruxsat berilgan bölsada, undan juda kam hollarda foydalaniladi. Şu vaqtgaça orolda 42 marta ölim hukmi ijro etilgan.






