Donald Tramp raqiblari prezidentlik poygasidan çiqib ketgan holatda AQŞning Ğarbiy Virginiya va Nebraska ştatlarida ötgan praymerizlarda ğolib böldi. Bu haqda AQŞ OAViga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Praymerizning dastlabki natijalari saylov uçastkalari yopilgandan keyinoq paydo böldi. Bu natijalar haqda AQŞning yetakçi OAVi, jumladan CNN, NBC televompaniyalari, Fox News telekanali, Associated Press agentligi ma'lum qildilar. Bu OAVga saylov qömitalari va mahalliy hokimiyat idoralaridan ma'lumotoarp kelib tuşadi.

Ğarbiy Virginiyadagi hisob-kitoblarga köra, Tramp 75 foiz, Nebraskada esa taxminan 60 foizdan köproq ovoz töpladi.

Ikkala ştatdagi natijalarga asosan 70 nafar delegatning ovozi taqsimlanadi. Hozirça ulardan 36 nafarining oqozini işonç bilan Tramp hisobiga yozib qöysa böladi.

Şuningdek, şu ştatlarda demokratlardan Berni Sanders yetakçilik qilmoqda. Biroq hozirça bu borada aniq ma'lumotlar yöq hamda OAV va mutaxassislarning fikrlari turliça bölmoqda.