Italiya terma jamoasi sobiq futbolçisi Janfranko Zola «Lester» boş murabbiyi Klaudio Ranerining jamoasi bilan har maşğulot davomida futbolçilarni sergaklantiriş uçun foydalanadigan usuli borasida gapirib ötdi.
Britaniya matbuoti mazkur usulni «tulkilar»ning APLda ğalaba qozonişida katta rol öynaganini yozişmoqda.
«Dili-din, dili-don» usuli — bu yangilik emas. Raneri undan «Napoli» paytidayoq foydalanardi. Klaudioning yeçiniş xonasidagi gaplari har doim alohida ajralib turardi. Desayi futbolçilar uçun uning tarjimoni bölib işlagan davrlarni eslayman. Juda kulgili bölardi, Marsel uning gaplarining yarminigina futbolçilarga tarjima qilardi.
Ammo şunga qaramay, Klaudioning öz ğoyalarini futbolçilarga singdira oliş qobiliyati bor edi va buni u ehtirosli amalga oşirardi. «Dili-din, dili-don» iborasini u juda köp marotaba işlatardi. Men bu iborani birinçi marta eşitganimdayoq uni qanday ma'no anglatişini tuşunganman. Ba'zida futbolçilarni uyğotiş, konsentratsiyasini yöqotmasligi uçun mana şunday qönğiroqlar zarur — bu futbolda juda muhim holat», — deya Zoladan iqtibos keltiradi Mirror naşri.







