AQŞ Davlat kotibining yordamçisi Frenk Rouz Yevropada AQŞning raketalarga qarşi mudofaa tizimining joylaştirilişi Rossiyaga qarşi qaratilmagani va uning strategik salohiyatini barbod qilmasligini aytdi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar berdi. 

"AQŞ va NATOning raketalarga qarşi mudofaa tizimlari Yevroatlantika mintaqasi taşqarisida joylaşgan ballistik raketalar tahdidiga qarşi qaratilgan", deb aytdi Rouz. 

Rouzning aytişiça, "bu tizimlar Rossiyaning bostirib turiş vositalarining strategik salohiyatini barbod qilişga qodir emas. AQŞ va NATO buni köp marta Rossiyaga tuşuntirgan". Rouz, şuningdek, Rossiyaning bu boradagi xavotirlari asossiz ekanini qöşimça qildi.

Avvalroq Rossiyaning Strategik maqsaddagi raketa qöşinlari qömondoni, general-polkovnik Sergey Karakayev Rossiya AQŞning raketalarga qarşi mudofaa tizimlarini yengib ötadigan vositalarni takomillaştiriş ustida iş olib borayotganini ma'lum qilgandi.