AQŞ moliya vazirligi ma'lumotlariga köra, IŞID terrorçilik guruhining neftdan oladigan daromadlari 2 marta qisqarib ketdi va taxminan yiliga 250 mln dollarni taşkil qilmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Biz avvalroq, joriy yil boşlangungaça, IŞIDning neft sotişdan oladigan daromadini yiliga 500 mln dollar miqdorida baholagandik. Fikrimça, hozir bu daromadlar ança kamroq", deb aytdi AQŞ moliya vazirining terrorçilik va moliyaviy razvedka böyiça yordamçisi Deniyel Gleyzer.
Gleyzerning aytişiça, terrorçilarning bu daromadlari neft narxining pasayişi, ular qöl ostidagi obektlarga zarbalar berilişi va neft kontrabandasiga qarşi faoliyat oqibatida kamaymoqda.
Bundan taşqari, Gleyzer IŞID mahalliy aholidan ölpon olişi hisobiga 360 mln dollargaça daromad olişini ma'lum qildi. Uning ta'kidlaşiça, bu moliyaviy oqimlarni kamaytiriş muşkulroq, çunki ular jangarilar nazorati ostidagi hududlarda amalga oşiriladi.







