Nyu-York şahri sudi Özbekiston fuqarosi Azizjon Rahmatovga IŞID ni qöllab-quvvatlaş böyiça ayblov e'lon qildi. Bu haqda Reyter agentligiga asoslanib, RIA Novosti xabar tarqatgan.
Rahmatov 11 may kuni hibsga olingan. Sud ma'lumotiga köra, u IŞIDni qöllab-quvvatlagan va unga qöşilmoqçi bölganlarga yordam bergan mahalliy guruh a'zosi sifatida faoliyat yuritgan.
Şuningdek, u a'zo bölgan guruh a'zolari IŞID uçun mablağ töplaşgan va odamlarni Suriyaga jönatiş bilan şuğullangan.
Rahmatov aybdor deb tan olingan taqdirda 50 yilgaça qamoq jazosiga mahkum etiladi.
Bir yildan ziyodroq vaqt muqaddam xuddi şu iş yuzasidan Özbekiston fuqarolari Abdurasul Jöraboyev va Abror Xabibov, şuningdek, Qozoğiston fuqarosi Ahror Saydaxmetov ham qölga olingan edi.
Ma'lumot uçun, IŞID bugungi kunda dunyodagi tinçlikni tahdid ostida qoldirayotgan eng katta xavflardan biri hisoblanadi. Keyingi 3 yil davomida IŞID jangarilari Iroq va Suriyada kattagina hududni egallab olişgan va taşkilot faoliyati tufayli bu mintaqada xavfli vaziyat saqlanib qolmoqda.
Bugungi kunda IŞIDga qarşi AQŞ boşçiligidagi koalitsiya, kurdlarning öz-özini mudofaa qiliş bölinmalari, Rossiya Havo-kosmik kuçlari kömagida Suriya armiyasi kuraş olib bormoqda.






