12 may kunining ikkinçi yarmida Iroq poytaxti Bağdod şahri ğarbidagi Abu-Greyb tumanidagi politsiya mahkamasiga xudkuş terrorçi tomonidan uyuştirilgan hujum tufayli kamida 5 kişi halok böldi va 14 kişi jarohatlandi. Bu haqda Iroq yangiliklar agentligi xabar tarqatgan.

Iroq poytaxtida 11 may kuni 3ta terakt sodir etilgan va jami qurbonlar soni 94 nafar kişini taşkil etib, 150dan ortiq kişi jarohatlandi. Bu teraktlar uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga olgan.

Bugungi terakt tufayli halok bölganlarning 2 nafari mahbuslar bölgan, şuningdek jarohatlanganlarning 6 nafari tinç aholi vakillari edi.

Assoşeyted Press agentligi xabariga köra, terakt ikki nafar jangari tomonidan ijro etilgan. Ulardan biri binoga kiriş qismida, ikkinçisi içkarida portlatgan.