Ötgan yili maşhur golland rassomi Rembrandtning eski suratlaridan biri AQŞning Nyu-Jyersi ştatidagi xonadonlardan biridagi yertöladan topilgan edi. Ana şu surat 11 may kuni Kaliforniyadagi Getti galeriyasida keng omma e'tiboriga havol etildi.
Muzey saytining ma'lum qilişiça, 1624 yilda çizilgan “Huşsiz bemor” polotnosi 28 avgustga qadar “Beş hissiyot” seriyasiga kiruvçi boşqa bir rasm bilan yonma-yon qöyiladi. Şundan söng, körgazma boşqa xalqaro körgazmalarga yöl oladi.
Yöqolgan şedevrning Nyu-Jyersida paydo bölişini kutilmagan hol deb hisoblaşmoqda. Kartina topilganida juda ayançi holatda bölgan. Uy egas noma'lum kartinani 800 dollar evaziga sotuvga qöygan. Şundan söng, mutaxassislar bu suratda gollandiyalik rassomning usullarini payqab qolişadi. Savdo yakunida parijlik kolleksionerlar 1,1 mln. dollar evaziga suratni sotib olişdi.







