11 may kuni Toşkentdagi «Özekspomarkaz»da IX Innovatsion ğoyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi boşlandi.
An'anaviy ötkazib kelinayotgan uşbu forum ilm-fan va işlab çiqarişning integratsiyalaşuvini ta'minlaydigan muhim vositalardan biriga aylandi. Joriy yilgi yarmarkada taqdim etilgan qariyb 650ta yangi loyihaning 70dan ortiği yoş olimlar va talabalarga tegişlidir.
Oliy öquv yurtlari talabalari yarmarkada faol iştirok etmoqda. Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Farğona politexnika instituti, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti va boşqa oliy öquv muassasalari önlab yangi işlanmalarni taqdim etgan.
Yarmarkada Toşkent axborot texnologiyalari universitetining 4-kurs talabasi Şuhrat A'zamov özi işlab çiqqan yangi mobil dasturni taqdim etdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.
«Men “Dovezu.uz” yangi mobil dasturini işlab çiqdim. Bu dastur birgalikda sayohat qiliş uçun hamroh topişga yordam beradi», — dedi yoş ixtiroçi.
Yarmarkada namoyiş etilayotgan yangiliklarning 130tasi sanoat, 116tasi qişloq xöjaligi sohasidagi dolzarb vazifalarni hal etişga qaratilgan, 130dan ziyod işlanma va ilğor texnologiyalar soğliqni saqlaş va farmatsevtika uçun möljallangan, 89tasi axborot texnologiyalari, yana 34tasi ilm-fan va ta'lim sohasidagi yangi dasturiy mahsulotlardir.
Ma'lumot uçun, şu vaqtgaça ötkazilgan sakkizta innovatsion yarmarkada umumiy qiymati 112,6 milliard sömlik 3,1 mingdan ortiq şartnoma imzolangan edi. Mazkur şartnomalarning amalga oşirilişi natijasida 59 turdagi yangi mahsulot işlab çiqariş yölga qöyilgan, 55 turdagi tajriba namunalari tayyorlanib, 100 dan ortiq taşkilot, korxona va fermer xöjaligiga ilmiy-texnik yordam körsatilgan.
IX Innovatsion ğoyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasining oçilişida Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari U.Rozuqulov sözga çiqdi.







