Zimbabve qurğoqçilik sababli yovvoyi hayvonlarni qutqarib qoliş maqsadida ularni sotuvga qöydi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Zimbabve Milliy boğlar va yovvoyi tabiatni muhofaza qiliş boşqarmasi mamlakatning yovvoyi hayvonlarni saqlay olişga imkoni bölgan fuqarolarini hukumat bilan boğlanişga çaqirmoqda. Xabarda hayvonlarning narxi va ularning xorijliklar tomonidan sotib olinişi imkoniyati borligi haqida heç narsa aytilmagan.

"Boğimizda yovvoyi hayvonlarni qöllab-quvvatlaş uçun yetarliça suv zaxirasi yöq, yaylovlar ham yetişmayapti. Ba'zi hududlarimizda umuman zaxiralar yöq va u yerdagi hayvonlar nobud bölişini bilamiz", deb aytdi Xvange milliy boğidagi safari-turlar operatori Emannuel Fundira.

Zimbabveda 10 ta milliy boğ faoliyat yuritadi. Bugungi kunda Xvange milliy boğida 54 mingta fil yaşaydi, bu esa boğ saqlay olişi mumkin bölgan fillar sonidan 4 barobar köproqni taşkil qiladi. Umumiy hisobda mamlakatda 80 mingta fil bor.  

"Ma'muriyat xabarida hayvonlar mamlakat içida sotilişi aytilgan, biroq Zimbabveda hayvonlarni sotib oliş uçun imkoniyati bölgan odamlar juda kam. Agar gap hayvonlarni xorijga eksport qiliş haqida ketadigan bölsa, bu juda katta muammo. Çunki hayvonlar Afrikaga tegişli va keyingi avlodlarning mulki hisoblanadi", deb aytdi tabiatni muhofaza qiliş böyiça mutaxassis Jonni Rodrigez.

Bundan taşqari,  Zimbabwe Independent newspaper naşrining ma'lum qilişiça, Bube Conservancy xususiy boği egalari boğda şerlar köpayib ketgani sababli 200 ta şerni öldiriş zarurligi haqida aytişganini ma'lum qilgandi.  

Zimbabveda kuçli qurğoqçilik sababli favqulodda vaziyat tartibi e'lon qilindi va xalqaro hamjamiyatga yordam sörab murojaat qilindi. Qurğoqçilik sababli makkajöxori va eksport qilinadigan tamaki hosili nobud bölgan.