AQŞ xavfsizlik kuçlari AQŞ prezidenti Barak Obamaning samolyoti turadigan AQŞ dengiz aviatsiyasining birlaşgan Endryus bazasini qurşab oldi. Bu haqda aviabazaning tvitterida ma'lum qilindi.

Favqulodda vaziyat aviabazaning nazorat-ötkaziş punktiga kirib, tanasida bomba borligini aytgan ayol sababli yuz berdi.

Sanoqli soniyalarda bazaga asosiy kiriş yöli qurşab olindi. Ayol hibsga olindi va tintuv qilindi. Uning tanasida heç qanday portlovçi modda aniqlanmadi.

Ayolning bunday qilişga nima undagani noma'lumligiça qolmoqda. Ayolni mahalliy politsiya söroq qilgan.

Endryus bazasi Vaşingtonda, Oq uydan 24 km uzoqlikda joylaşgan. Aviabaza aerodromidan AQŞ prezident Barak Obama, AQŞ Davlat kotibi Jon Kerri va mudofaa vaziri Eşton Karter jönaydilar. Bu yerga şuningdek boşqa davlatlar yetakçilari va diplomatlari samolyotlari ham qönadi.