Eron tomonidan yanvarda Eron suv hududlarida qölga olingan amerikalik dengizçilar guruhi sardori öz lavozimidan olindi. Bu haqda 12 may kuni AQŞ harbiy-dengiz kuçlari bayonotida ma'lum qilindi.

Kommander Erik Raş öz majburiyatlaridan "uning qömondonlik qilişga işonçning yöqolgani" sababli ozod etildi. Uşbu qaror Fors körfazida yuz bergan voqeaning tergov qilinişi natijalariga köra qabul qilindi.

2016 yil 12 yanvarda AQŞning ikkita harbiy kemasi eronlik harbiylar tomonidan uşlangan. Ikkita kater şatakka olinib, Forsi orolidagi bazaga jönatilgan.

Eron islom inqilobi qöriqçilari korpusi harbiy-dengiz kuçlari qömondoni Ali Fadaviyning ma'lum qilişiça, tergov davomida katerlardagi navigatsion qurilmalarning buzilib qolgani va şu sababli Eron suv hududlariga xatolik tufayli kirib qolgani aniqlangan.

Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif AQŞ hukumatidan rasmiy uzr söraşni talab qilgan, biroq Vaşington buni qilişdan voz keçgan.

Eron davlat televideniyesi qölga olingan amerikalik dengizçi tasvirlangan videoyozuvni namoyiş qilgan. Unda amerikalik katerlarning Eron hududiga kirib qolgani uçun uzr söragan.

13 yanvarda Eron barça dengizçilarni qöyib yuborgan. Katerlar AQŞga qaytirilmagan.