Amerikaning yirik dasturiy ta'minot işlab çiqaruvçisi bölgan Oracle korporatsiyasi asosçilaridan biri Larri Ellison saraton kasalliklari bilan kuraşişga yönaltirilgan tadqiqotlar olib boradigan yangi markazning oçilişiga 200 million dollar ajratdi. Bu haqida Bloomberg ma'lum qildi. 

Berilgan ma'lumotlarga köra, ajratilgan mablağ Los-Anjyelesdagi Janubiy Kaliforniya ilmiy-tadqiqot universiteti hisobiga ötkazilgan. Bu yerda saratonni davolaşning yangi usullarini işlab çiquvçi maxsus markaz taşkil etiladi. 

Tibbiyot fanlari professori Devid Agusning ma'lum qilişiça, uşbu saxiy xayr-ehson hisobiga muassasa kasallik bilan boğliq fundamental masalalarni örganiş bilan şuğullanadigan şifokorlar, muhandislar, biologlar, şuningdek fizika va matematika sohasi mutaxassislaridan iborat ilmiy guruhni töplaş niyatida. Agusning özi esa Ellison nomini olgan bölimni boşqaradi. Markazning kapitali Bloomberg bergan bahoga köra, 42 milliard dollardan ortiqroq qiymatga ega. 

Ellison sönggi vaqtlarda saraton bilan kuraşga yirik miqdordagi pul ajratgan birinçi milliarder emas, albatta. Facebook kompaniyasining sobiq prezidenti Şon Parker aprel oyida saraton kasalligiga qarşi dori vositalarini işlab çiqariş böyiça tadqiqot institutining yaratilişiga şaxsiy   mablağlaridan 250 million dollar ajratişini ma'lum qilgan. Mart oyida Nyu-Yorkning sobiq meri Blumberg Merilendagi Jons Gopkins universitetiga saraton bilan kasallanganlar uçun immunoterapiya sohasidagi tadqiqotlar uçun 125 million dollar ötkazgan.