Livanning şia oqimidagi "Hizballoh" guruhi jangovar qanoti yetakçilaridan biri Mustafa Badriddin Isroil harbiy havo kuçlari zarbasi natijasida halok bölgan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi guruh bayonotiga asoslangan holda. 

Agentlik ma'lumotlariga köra, Isroil harbiy samolyotlari çorşanbaga ötar keçasi Suriya-Livan çegarasi hududiga zarba bergan. 

2011 yili BMTning Livan böyiça maxsus tribunali Badriddinni 2005 yili Livan boş vaziri Rafiq Haririyni öldirişda gumon qilgan va uni hibsga oliş uçun buyruq bergan edi.