Rossiyaning veterinar va sanitar nazorat böyiça Federal xizmati ("Rosselxoznadzor") Misrdan Örta Yer dengizidagi meva çivinlaridan zararlangan 130 tonna apelsini kiritilişini taqiqladi. Bu haqda muassasa sayti ma'lumotiga tayanib RIA Novosti xabar qildi. 

Novorossiysk portida uşlab qolingan apelsinlar partiyasini Sankt-Peterburg şahriga olib ketilayotgan edi.

May oyining boşida ham "Rosselxoznadzor" tomonidan Misrdan keltirilgan 40 tonna apelsin xuddi şu sabab bilan Rossiya hududiga kiritilmagan edi. 

Örta Yer dengizi çivini eng xavfli va zararli haşarotlar guruhiga mansub. U örik, olma, olça, gilos, pomidor va boşqa 200dan ortiq ösimliklar hamda mevalarni zararlaydi. Mevalardan oziqlangan tuxumlari mevalarning bevaqt uzilib tuşişiga sabab böladi. Tuxum qöyiş çoğida çivin zarar yetkizgan meva pöstloği moğor bosişga uçrab, mevaning çirişiga olib keladi.