Har holda, ruslar Twitter’dagi öyinini yangi bosqiçga olib çiqqanga öxşaydi.
Ma'lumki, Rossiya mudofaa vaziri 11 may kuni matbuot anjumani ötkazib, Suriyadagi Halab şahrining terrorçilar nazoratidagi hududiga bir neçta yuk maşinalarida xlorli qölbola öq-dorilar olib kelingani haqida ma'lum qilgan edi.
12 may kuni esa, Rossiyaning Londondagi elçixonasi Tvitter ijtimoiy tarmoğida quyidagiçi tvit qilgan:
Aytiş joizki, suratni aniq körolmayotgan bölsangiz, ular haqiqiy Halabdagi haqiqiy kimyoviy qurol ortilgan haqiqiy yuk maşinalari emas.

Bu "Command & Conquer" video öyini ekranidan olingan suratdir.
Balki xolisroq böliş niyatidadir, har xolda elçixona skrin-şotga izoh qoldirişni unutmagan: "Suratni illyustratsiya maqsadida qöllanilgan".

Şundan söng, elçixona vakillari öz ijodlaridan ilhomlanib, Twitter olamiga ekstremistlarning "haqiqiy" suratlarini joylaşgan.
CNN telekanalining xabar qilişiça, ular elçixonaga gap nimadaligini biliş uçun qönğiroq qilişganida heç kim javob bermagan.
Aftidan, elçixonaning Twitter’ida qandaydir qiziq jarayonlar yuz berayotgan körinadi.
12 may kuni ertalab Rossiya elçixonasi "Dead Snow" öyinidan olingan skrin-şotni tvit qilişga ulgurgandi.






