"Vilyarreal" klubi yarimhimoyaçisi Denis Suares keyingi mavsumdan "Barselona" safida töp suradi, deb xabar bermoqda Sport internet-naşri.

Naşr ma'lumotlariga köra, ikki klub bu masala böyiça kelişuvga erişdilar va Suares katalon klubi tarkibiga 25 mayda "Barselona" va "Sevilya" örtasidagi Ispaniya kubogi finalidan keyin kelib qöşiladi.

Klublar örtasidagi kelişuvga köra, "Vilyarreal" agar "Barsa" Suaresni uçinçi bir klubga yaqin ikki mavsum içida sotadigan bölsa, bundan olingan puldan ma'lum foizini oladi. "Vilyarreal" birinçi mavsumda summaning 75 foizini, ikkinçi yilda 25 foizini oladi. "Barselona" Suaresni sotib oliş uçun esa 3 mln 250 ming yevro tölaydi.

Suares Ispaniya çempionatining joriy mavsumida 32 ta öyinda töp surib, 4 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma amalga oşirgan.