Belgiya AQŞda umrbod qamoq jazosi ötayotgan terrorçining oilasiga 78 ming yevrodan köproq tovon puli töladi. Bu haqda DH.be xabar bermoqda.
Belgiya hukumati bu pullarni Belgiyada yaşaydigan terrorçi Nizar Trabelsi oilasiga ötkazib berdi. Pullarning ötkazilganini adliya vaziri Koyen Gens tasdiqladi.
2003 yilda Trabelsi Belgiyaning Klyayn-Brogele şahrida joylaşgan NATOning harbiy bazasiga terakt uyuştirmoqçi bölgani uçun Belgiyada 10 yillik qamoq jazosiga tortilgan. 2008 yilda AQŞ Trabelsining AQŞning Parijdagi elçixonasiga qarşi qaratilgan yana bitta teraktni tayyorlaşda iştirok etgani borasida isbotlarni keltirib, uni AQŞga ekstraditsiya qilişni sörab murojaat qilgan.
Trabelsi Belgiyada jazoni ötab bölgaç, AQŞga topşirilgan va u yerda muddatdan avval ozod böliş huquqisiz umrbod qamoq jazosiga tortilgan. Aynan amnistiya qiliş imkoniyatining yöqligi terrorçi oilasining Belgiyaga qarşi da'vo qilişiga sabab böldi.
Yevropa sudi 2014 yilda Belgiyaga terrorçi oilasiga uning AQŞga topşirilişi uçun 90 ming yevro tovon puli tölaş majburiyatini qöygan, çunki AQŞda berilgan jazo terrorçi Belgiyada olişi mumkin bölgan eng maksimal jazo muddatidan oşib ketadi. Soliqlar va boşqa majburiy tölovlar çiqarib taşlangandan keyin, oxirgi tölov miqdori 78 ming 791 yevroni taşkil qildi.
RIA “Novosti” axborot agentligining ma'lum qilişiça, Trabelsi "Al-Qoida" terrorçilik guruhi a'zosi bölgan. U ekstremistlarga qöşilişdan avval professional futbolçi bölgan va Bundesliganing "Fortuna" klubida töp surgan.
Inson huquqlari böyiça Yevropa sudining ba'zi qarorlari bahslarga keltirib çiqaradi. Joriy yilning aprelida sud Norvegiya hukumatini qamoqda qoniqarsiz şaroitlarda saqlaşda ayblagan terrorçi Anders Breyvikning da'vosini qondirgan. Norvegiya uşbu qarorga köra terrorçiga 35 ming yevro tovon puli tölab berişi kerak.






