GM Uzbekistan AJ 2016 yil yanvar-aprel oylarida Rossiyada 6,1 ming dona avtomobil sotişga muvaffaq bölgan, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 14 foiz kam demakdir, deb xabar qilgan Yevropa biznesi assotsiatsiyasi avtomobilsozlar qömitasi.
2016 yil aprelida kompaniya dilerlari 1571ta maşina sotgan, bu esa 2015 yil aprel oyiga qaraganda 5 foiz kam demakdir.
Umuman, GM Uzbekistanning Rossiya avtomobil bozoridagi uluşi hisobot davri mobaynida 1,4 foizni taşkil etgan. Bu borada ötgan yilgi körsatkiç özgarmagan.
2016 yil dastlabki 4 oyi yakunlariga köra, GM Uzbekistan AJ avtomobillar savdosi hajmi böyiça 17 örinni egallagan.
Gentra modeli yanvar-aprel oyi yakunlariga muvofiq, eng yaxşi sotilgan maşinalar röyxatida 25 örinni egallagan. Aprel oyida bir poğonaga kötarilgan. GM Uzbekistan 4 oy mobaynida ayni modeldan 4386 dona sotişga erişgan, aprel oyining özida 1078 ta sota olgan.







