AQŞ Qurolli kuçlari rasmiylari, IŞID öz poytaxti deb e'lon qilgan Suriyaning Raqqa şahri qurşovda qolgani töğrisida yangiliklarni intizorlik bilan kutmoqda.
"Biz Raqqada, qanday mohiyatga ega bölişidan qat'i nazar, favqulodda holat e'lon qilinganining guvohi bölmoqdamiz," - degan IŞIDga qarşi AQŞ yetakçiligidagi xalqaro koalitsiya matbuot kotibi Stiv Uoren. - "Öylaymizki, duşman özini xavf ostida sezmoqda, şunday bölişi kerak edi".
OAV axborotlariga köra, IŞID öz jangçilarini şahar böylab qayta joylaştirmoqda va ehtimoliy havo zarbalari hamda yerusti hujumlari nişoni bölişi mumkin bölgan obektlarini niqoblar bilan tösa boşlagan.
"Ular Suriya demokratik kuçlari, Suriya arab koalitsiyasi Şarq va Ğarb tomon haraqatlanayotganiga guvoh bölişmoqda", - deb ta'kidlagan Uoren. "Uşbu ikki mintaqalar tobora xavfsiz bölib bormoqda, endilikda Suriya Demokratik kuçlari mazkur yerlarda öz harbiy qudratini mustahkamlaşi mumkin".
Şunga köra, Uorenning taxmin qilişiça, IŞID jangçilari nafaqat şahar içkarisida, balki taşqarisida ham köçirilayotgan bölişi mumkin.
Garçi AQŞ rasmiylari IŞID yetakçisi Abu Bakr Bağdodiyning Raqqada ekani yoki yöqligi xususida aniq bir ma'lumot bermagan bölsada, boşqa rasmiy manbalar uning hamon şaharda işlayotganini gumon qilmoqda. Umuman olganda, maxsus xizmatlar Bağdodiyning qayerdaligiga oydinlik kirituvçi har qanday ma'lumotni örganib çiqmoqda.
AQŞ qömondonligi rasmiy vakilining CNN telekanaliga aytişiça, mabodo Bağdodiy topilgan, uşlangan yoki öldirilgan taqdirda ham AQŞ harbiylari IŞIDga qarşi harbiy amaliyotlarini töxtatmaydi, çunki Bağdodiy örnini egallaşi mumkin bölgan boşqa yetakçilari ham bor.







