Iroqning Balad şahrida IŞID jangarilari hujumi natijasida "Real" fan-klubi a'zolari hisoblangan 16 kişi halok böldi. Bu haqda El País xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinişça, 12 may kuni keçasi 3 nafar qurollangan şaxs maşhur futbol klubi muxlislari uyuşmasi ötirgan kafeda pulemyotdan öt oçgan. Hujum natijasida halok bölganlar soni 16 nafar, jarohatlanganlar soni 20 nafarni taşkil etgan.

Fan-klubning feysbukdagi sahifasida bu hujumni "makkorona terakt" deb ataşgan.

Hujumga duçor bölganlardan birining ta'kidlaşiça, jangarilar futbolni islomga qarşi deb biladi va şu bois uni yomon köradi.

Hujum qilganlar qoçib ketişgan. Keyinroq ulardan biri şahardagi bozor oldida özini portlatib yuborgan.

"Real" jamoasining fan-klubiga uyuştirilgan hujumdan larzaga tuşdik. Terrorçilar futbolga hujum qila boşlaşdi. Biz qurbonlarning yaqinlari va oila a'zolariga hamdardlik bildiramiz. Futbol terror nişoniga aylandi", deya bu fojiaga munosabat bildirgan Ispaniya professional futbol ligasi rahbari Haver Tebas.