Özbekiston prezidenti Islom Karimovning kiçik qizi, Özbekistonning YuNeSKOdagi doimiy vakili, "Sen Yolg’iz Emassan" xayriya fondi va Respublika bolalar ijtimoiy moslaşuvi markazi Vasiylik kengaşlarining raisi Lola Karimova-Tillayeva Global Gift jamğarmasi tomonidan maxsus gumanitar mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda uning özi instagramdagi sahifasi orqali ma'lum qilgan.

Unga mukofot Kann şahrida har yili an'anaviy tarzda ötkaziladigan marosim vaqtida topşirilgan.

Global Gift Foundation vakili Lola Karimova-Tillayeva hamda uning rahbarligidagi "Sen Yolg’iz Emassan" xayriya fondi va Respublika bolalar ijtimoiy moslaşuvi markazi Vasiylik kengaşlarining muhtoj oilalar hamda bolalarga körsatibk kelayotgan xayriya yordamlarini alohida ta'kidlagan.

Global Gift fondining gumanitar mukofoti keng xayriya faoliyati bilan şuğullanuvçi şaxslarga taqdim etiladi.

“Uşbu mukofotga sazovor böliş men uçun juda katta şarafdir. Bu nafaqat men, balki Özbekistondagi Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvçi bolajonlar hayotini yaxşilaşga hamda maxsus ehtiyojli bolalarga kömak berib ularning imkoniyatlarini oşirişga özlarini baxşida etgan insonlar harakatlarini tan oluvçi mukofotdir. Bu bizning işimizda kişiga katta dalda va dastak manbaidir,” deb ötdi Karimova-Tillayeva taqdirlaş marosimida.

Lola Karimova-Tillayeva Özbekistondagi ikkita xayriya taşkilotlariga boşçilik qiladi.

"Sen Yolg’iz Emassan" xayriya fondi Lola Karimova-Tillayeva tomonidan 2002 yilda Özbekistondagi ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalarga yordam beriş maqsadida taşkil etilgan. Oradan ikki yil ötgaç, 2004 yilda Karimova-Tillayeva xonim imkoniyati çeklangan bolalarga davolaş va ta'lim sohalarida yordam beruvçi xayriya taşkiloti - Respublika bolalar ijtimoiy moslaşuvi markaziga asos soldi.

"Sen Yolg’iz Emassan" xayriya fondi Özbekistondagi bir qator mehribonlik uylarida ta'mirlaş, kapital rekonstruksiya, quriliş va tubdan jihozlaş işlarini olib bordi, natijada uşbu mehribonlik uylarida bolalarning yaşaşi, har tomonlama rivojlanişi hamda ta'lim olişi uçun zarur bölgan barça şaroitlar yaratilgan.