Toşkentda badiiy gimnastika böyiça Jahon kubogi bosqiçi va “Happy Caravan” xalqaro turniri yakunlandi. Bu haqda “ÖzA” xabar bermoqda.

13-15 may kunlari Toşkent şahrida Badiiy gimnastika böyiça bolalar-ösmirlar ixtisoslaştirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabida Özbekiston Madaniyat va sport işlari vazirligi, Milliy olimpiya qömitasi, Gimnastika federatsiyasi tomonidan Xalqaro gimnastika federatsiyasi bilan hamkorlikda taşkil etilgan gözallik va nafosat bayramida Özbekiston, AQŞ, Belarus, Janubiy Koreya, Ispaniya, Isroil, Malayziya, Polşa, Rossiya, Xitoy, Estoniya, Yaponiya, Qozoğiston, Armaniston kabi davlatlardan 100 dan ortiq gimnastikaçi ğoliblik uçun bahslaşdi.

Jahon kubogi bosqiçining alohida gimnastika predmetlari yordamida maşq bajariş böyiça şaxsiy bahslarda özbekistonlik sportçilar Anastasiya Serdyukova töp va tasmada maşq bajarişda ikkita bronza medalini qölga kiritgan bölsa, Yelizaveta Nazarenkova bulavada maşq bajariş böyiça uçinçi örinni egalladi. 
  
Şaxsiy bahslarda Nuriniso Usmonovaning arğamçi, halqa va töp bilan bajargan maşqlari uçta bronza medalga loyiq topildi. Yana bir özbekistonlik gimnastikaçi Milana Tyan bulavada maşq bajarişda bronza medal bilan taqdirlandi.