Özbekiston Respublikasi hukumatining 2016 yilning 2 mayida qabul qilgan «Umumiy örta va örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida soğlom ovqatlanişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq, umumiy örta va örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida soğlom ovqatlanişni taşkil etiş tartibi hamda 2016-2020 yillarda umumiy örta va örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida soğlom ovqatlanişni taşkil etişni yanada takomillaştiriş çoralariga oydinlik kiritilgan.
Vazirlar Mahkamasi şuningdek, öz qarori bilan 2017-2020 yillarda ovqatlaniş tizimi mavjud bölmagan umumiy örta ta'lim muassasalarida oşxonalar taşkil etiş hamda umumiy örta ta'lim muassasalarida faoliyat yuritmayotgan oşxonalar işini qayta yölga qöyiş va ularni qayta jihozlaş körsatkiçlarini ham tasdiqlagan.
Qarorga köra, Respublika soğliqni saqlaş vazirligining davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlariga, ta'lim muassasalari oşxonalarida sotilayotgan oziq-ovqatlar, oşxonalardagi texnologik uskunalarning sanitar qoidalar, me'yorlar va gigiyenik normativlarga mos kelişi, şuningdek, oşxona işçilarining sanitar-gigiyenik hamda epidemiologiyaga qarşi talablarga qay darajada rioya etayotganlari borasida çorakda bir marta tekşiruv işlarini olib boriş huquqi taqdim etilgan. Bunda markazlar öz tekşiruvlarini Respublika nazorat organlari muvofiqlaştiruvçi kengaşi va uning hududiy komissiyalari roziligisiz ötkaza oladilar.
Bundan taşqari, umumta'lim muassasalaridagi oşxonalarni ijaraga berişda, Davlat raqobat qömitasining hududiy boşqarmalari bilan kelişilgan holda, qişloq joylarda hududning taraqqiy etganlik darajasidan kelib çiqib, "nol" stavkani joriy etiş mumkin böladi, deb xabar qilmoqda norma.uz sayti.
Uşbu talablar davlat ta'lim muassasalari hududida faoliyat yurituvçi oşxonalarga tegişli. Aniqlik kiritilişiça, ta'lim muassasalaridagi soğlom ovqatlaniş yuridik şaxs yoki yakkatartibdagi tadbirkor yoxud ta'lim muassasasi tomonidan taşkil etiladi. Bundan avval, yakka tartibdagi tadbirkorga bunday imkoniyat berilmagan edi.
Oşxonalardagi taomlar menyusi öquvçilarning yoşidan kelib çiqqan holda haftalik röyxat asosida tayyorlanadi. Menyular esa, Boş davlat sanitar vraçi tomonidan tasdiqlangan va oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga oydinlik kirituvçi namunaviy röyxat asosida tuziladi.
Ta'lim muassasalari oşxonalari faoliyatini yurituvçilar, öquvçilar va ularning ota-onalari bilan hamkorlik qilişlari kerak böladi. Xususan, ular ota-onalar majlislarida taomlar sifati va ovqatlanişni taşkil etişdagi xizmatlarga oid taqdimot-körgazmalar ötkazadi.
Umumta'lim muassasalarining oşxonalari faoliyatining sifati öquvçilarning ovqatlanişlari darajasi va muassasa rahbariyati tomonidan ota-onalar va öquvçilar örtasida ötkaziladigan sörovnoma natijalariga köra aniqlanadi.
Bundan taşqari, mazkur oşxonalarda tayyorlanadigan taomlar sifatini örganiş böyiça maxsus komissiya taşkil etiladi. Uning tarkibiga ta'lim muassasasiga biriktirilgan tibbiyot hamşirasi, soğlom ovqatlanişni taşkil etiş masalalari böyiça ta'lim muassasasi mas'ul xodimi va ota-onalar vakillari kiradi.







