AQŞga keladigan muhojirlarning oqimini çeklaşga çaqirib keluvçi, AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp qoçqinlar AQŞda 2001 yil 11 sentabrdagi kabi teraktlar uyuştirişi mumkin, deb hisoblamoqda. Bu haqda The Independent naşri xabar berdi.

Milliarder bu haqda amerikalik çegaraçilar kasaba uyuşmasi radiostansiyasi Green Line’dagi dastur efirida aytib ötdi.

"Yomon işlar yuz beradi. Juda köp. Işoniş qiyin bölgan hujumlar böladi. Hozir mamlakatimizga kelayotgan odamlar tomonidan hujumlar böladi. Men bunga şubhalanmayman", deb aytdi Tramp.

Tramp AQŞda suriyalik qoçqinlarsiz ham muammolar yetarliça ekanligini aytdi.

"Biz ular qayerdan ekanligini bilmaymiz, bu haqda tuşunçaga ham ega emasmiz. Balki ular IŞIDdandir", deb qöşimça qildi Tramp.

Trampning aytişiça, mamlakatga kelayotgan köplab qoçqinlarning telefonlarida IŞID ramzlari bor. "Biz esa bunga javoban ularni qabul qiliş ajoyib, deb aytişimiz kerakmi?", deb aytdi milliarder.